Kibermadaniyatni yuksaltirishga hissa qo‘shganlar taqdirlandi
Iyul oyida respublikamiz miqyosida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida turli targ‘ibot tadbirlari, videoroliklar tanlovi tashkil etildi.
Bugun Samarqand shahridagi yoshlar markazida viloyatimizda o‘tkazilgan oylik doirasidagi tanlovlarning g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tibbiyot va bank xodimlari, ’’mahalla yettiligi’’, jurnalist va blogerlar hamda maktab o‘quvchilari ishtirok etgan tanlovlarda yuqori natijalarga erishgan bir guruh targ‘ibotchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Oylik doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot tanlovida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishga bag‘ishlangan mavzuda tayyorlangan videoroligim bilan qatnashdim, -deydi viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi fizeoterapiya bo‘limi mudiri Maftuna Ibragimova. – Qo‘l telefonimga kelgan, agar plastik karta ma’lumotlarimni yuborsam katta miqdoorda pul yutug‘iga ega bo‘lishim mumkinligi to‘g‘risidagi yolg‘on xabar rolikni tayyorlashimga turtki bo‘ldi. Tavakkal qilib shu rolikni tanlovga taqdim qildim va g‘oliblar safidan joy oldim.
Oylik yakuniga bag‘ishlangan ushbu marosimda o‘tgan bir oy davomida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda va ularni yoritishda faollik ko‘rsatgan mas’ullarga tashkilotchilar tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
To‘lqin SIDDIQOV.