Transport boshqarmasi faoliyati hududiy kengashda muhokama qilinadi

Samarqand viloyati korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi va viloyat prokuraturasi tomonidan 2025 yilda 23 yo‘nalishdan iborat indikator ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini reyting baholash joriy qilingan.

Dastlabki baholash natijalari bo‘yicha 13 ta davlat idorasining faoliyati “qizil” toifa sifatida baholangan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar, profilaktika ishlari natijasida yil yakuniga ko‘ra bu idoralar 12 tasi “qizil” toifadan “yashil” va “sariq” toifaga o‘tgan. Viloyat transport boshqarmasi “qizil” toifada qolganligi sababli, uning faoliyati joriy yilda hududiy kengashda muhokama qilinishi belgilandi