Kichik biznes sub’yektlarining iqtisodiyotdagi ulushi ortadi

Prezidentimizning 2025 yil 19 martdagi “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan viloyatimizda 2025-2030 yillarda soha sub’yektlari faoliyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimida maqsadli ko‘rsatkichlari ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, soha sub’yektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi hozirgi 72,3 foizdan 2030 yilga borib 80,1 foizga yetkaziladi.
Shuningdek, eksportda 45,1 foizdan 47,4 foizga, bandlikda 81,1 foizdan 85,4 foizga, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlaridagi ulushi 51,3 foizdan 63,4 foizga, har 1000 kishiga to‘g‘ri keladigan faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes sub’yektlari soni 10 tadan 15,7 tagacha, ishlovchi xodimlar soni 10 kishidan kam bo‘lmaganlarning ulushi 6,1 foizdan 9 foizga ortishi bo‘yicha ishlar olib boriladi.