Kichik jarohat yirik muammolarga olib kelishi mumkin

Travmadan keyingi osteomiyelit kasalligi nisbatan xavfsizroq sanaladi. Turmushda uchrab turadigan ochiq sinishlar, ya’ni suyaklarning sinish vaqtida teri butunligining buzilishi bilan kechsa, bu e’tibor talab qiladi. Suyaklarning ochiq sinishi harakat-tayanch tizimi jarohatlarining 8-10 foizini tashkil etadi. Ochiq sinishlar teri butunligining buzilishi bilan kechganligi uchun infeksiyalangan hisoblanadi va ularni davolash muntazamlik talab qiladi.

Surunkali osteomiyelitlarni davolash kasallikning kechishi, asoratlari va boshqa jihatlarni hisobga olgan holda kompleks davo muolajalari va hatto jarrohlik amaliyoti aralashuvi bilan amalga oshiriladi.

Hozir yoz oylarida farzandlarimiz ko‘cha-ko‘yda ko‘proq jismoniy o‘yinlar bilan mashg‘ul bo‘lgan paytda turli jarohatlar olishi ehtimoli yuqori. Demoqchimizki, shunday paytda ularning bu jarohatlari xavfliligi darajasi oshib ketmasligi uchun e’tiborli bo‘lish lozim.

Sharof DAVIROV,

Shermat ABDURAHMONOV,

viloyat ortopediya va

shikastlanish oqibatlari

shifoxonasi shifokorlari.