Kimlar kommunal xizmatlarga haq to‘lash uchun kompensatsiya olish huquqiga ega?
«Yuridik axborot» kanalida kimlarga kommunal xizmatlarga haq to‘lash uchun kompensatsiya berilishi haqida ma’lumot berildi.
Quyidagi toifalar uchun kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun eng kam ish haqining 45 foizi (100.350 so‘m) miqdorida kompensatsiya pul to‘lovlari beriladi:
- 1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
- o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;
- Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar;
- fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari;
- Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar;
- ko‘rish qobiliyati bo‘yicha I guruh nogironlari;
- Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.
1941-1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilariga kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun eng kam ish haqining 50 foizi (111.500 so‘m) miqdorida kompensatsiya pul to‘lovlari beriladi.
1941-1945 yillar urush davridagi mehnat fronti qatnashchilariga kommunal xizmatlar haqini to‘lash uchun eng kam ish haqining 25 foizi (55.750 so‘m) miqdorida kompensatsiya pul to‘lovlari beriladi.