Kimlar sanatoriy-kurortlarga bepul yo‘llanma olishi mumkin?

Qonunchilikka muvofiq quyidagi nogironlar va keksalar toifasi bepul sanatoriya-kurortga yo‘llanmalar taqdim etiladi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot telegram kanali ma’lum qilmoqda.

♦ Urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;

♦ Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlari (beva erlari);

♦ Respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;

♦ Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;

♦ Yadro poligonlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslar;

♦ I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;

Yolg‘iz keksalar;

Pensionerlar.

Yo‘llanma olish uchun quyidagi hujjatlar bandlikka ko‘maklashish markazlariga topshirilishi lozim:

Ariza;

Pasport nusxasi.

Yuqoridagi fuqarolarning imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlar (nogironlikni tasdiqlovchi, pensionerlar uchun guvohnoma va b.);

Tibbiy xulosa.

Yo‘llanmalarni berish davriyligi quyidagicha.

Har yili (navbat asosida):

1.Urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;

2.Respublika ahamiyatiga molik;

3.Shaxsiy pensiya oluvchi shaxslarga;

4.Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli;

5.Nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;

6.Yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro ob’yektlarida harbiy xizmatni o‘tagan shaxslarga;

7.Yolg‘iz keksalarga;

Ikki yilda bir marotaba (navbat asosida):

8.Urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;

9.Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning beva xotinlariga (beva erlariga);

I va II-guruh nogironlari, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;

10.Sanatoriylarda bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lgan taqdirda, navbat asosida, ammo 3 yilda 1 marotaba —pensionerlarga.

Yo‘llanmalar o‘n ikki kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan kamida 10 kun oldin beriladi.