Kimyogarlar shaharchasida ham Navro‘z bayrami tantanalari bo‘lib o‘tmoqda

"Nurafshon" sa’nat va madaniyat saroyida tashkil etilgan tadbirida karnay-surnay sadolari yangrab, barchani ulug‘ ayyomga chorladi.

Unda viloyatimizning taniqli san’atkorlari, 6-bolalar musiqa va san’at maktabining iqtidorli o‘quvchilari o‘zining chiqishlari bilan aholiga xushkayfiyat ulashmoqda.

 

Bayram munosabati bilan hududda bahoriy mahsulotlar yarmarkasini tashkil etdik,- deydi viloyat bozorlar uyushmasi raisi o‘rinbosari Akmal Qudratov. - Bu saylda ishtirok etgan fuqarolarga arzonlashtirilgan mahsulotlarni xarid qilish imkonini beradi. Shuningdek, 60 kilogramm guruch bilan osh damlandi. Bayram munosabati bilan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, hududdagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar uchun dasturxon yozildi. Bundan tashqari, faollar bilan mustaqil harakatlana olmaydiganlarning holidan xabar olishni rejalashtirganmiz.

- Har yili Navro‘zda oilamiz bilan shu yerga aylanishga kelamiz,- deydi pastdarg‘omlik Zarina Ergashova.- Bayram sayli ayniqsa, bolajonlarda katta taassurot qoldiradi. Shu orqali ularda milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizga hurmat tuyg‘usini uyg‘otamiz.