Klintonning ustidan kulgani uchun 10 yil qamoq jazosini oldi
AQShda jamiyat yarashuvining hech qanday belgilari ko‘zga tashlanmayapti, deb yozadi “Mir Novostey” (2021 y. 6-son) haftanomasi. Aksincha mamlakatda sobiq Prezident tarafdorlariga qarshi tazyiq kuchaymoqda. Hokimiyatni egallagan Demokratik partiyaga nisbatan muxolifatda bo‘lganlar ochiqchasiga ta’qib ostida qolmoqda.
Fox News taniqli sharhlovchisi Taker Karlson, demokratlar salgina o‘zgacha fikrlovchilarni ham boshiga tosh yog‘dirishga kirishdilar, deb yozadi. Ular o‘z nazoratlarida bo‘lmaganlarga qarshi barcha axborot resurslarini safarbar etmoqda.
Yaqinda politsiya tvitterda Xillari Klinton ustidan kulganlikda ayblab bir kishini hibsga oldi. Endi u 10 yil qamoqda o‘tiradi. Tramp mitinglarida olomonning “Chirigan Xillari panjara ortiga tashlansin” deb xitob qilgan davr o‘tmishda qoldi. Bunday so‘z uchun endi ozodlikdan mahrum bo‘lish mumkin.
Demokratlar muxolifatdagi siyosiy partiyaga qarshi urush e’lon qilmoqda, deb ta’kidlaydi Karlson. Bunga qarshi dunyodagi eng qudratli razvedkadan foydalanilmoqda. Ular hatto hech qanday xavf tug‘dirmaydigan yuvosh respublikachilar sha’nini ham bulg‘ashmoqda. Karlsonning so‘zlariga qaraganda, ularni “Al Qoid” bilan bog‘liq xavfli terrorchilar deb atashmoqda. Agar kimdir bunga e’tiroz bildirsa, Kongressdan haydash bilan tahdid qilinmoqda.
“Bu harakatlar zamirida hokimiyatni egallash maqsadi yotibdi, - deb hisoblaydi Karlson. – Demokratik partiya allaqanday erkinlik, huquq-tartibot, mavjud huquqlar kabi ezgu prinsiplar uchun faoliyat yuritayotgani yo‘q.
U o‘z saylovchilari turmush sharoitini yaxshilashni zimmasiga olmoqchi emas. U butun hokimiyatni qo‘liga olib, atrofidagi barcha sohani nazoratida ushlash uchun intilyapti”.
T.Shomurodov tayyorladi.