“Kollej va texnikumlarda bunday salohiyat yo‘q”: Prezident malakali mutaxassislar tayyorlash masalasiga to‘xtaldi
Prezident raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlashda yangi bosqichga o‘tish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Ta’kidlanganidek, har yili 100 mingta zamonaviy korxona ishga tushmoqda. Ularga 300-400 ming malakali mutaxassis kerak. Shuningdek, xususiy sektorda yiliga 200 mingta bo‘sh ish o‘rni paydo bo‘lmoqda.
Lekin kasb-hunar maktablari, kollej, texnikum va monomarkazlarda buncha malakali mutaxassisni tayyorlashga salohiyati hali yetarli emas.
Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga ko‘paydi. Bu bitta tumanda 2,5 mingdan ortiq yoki bir mahallada 50 nafardan tadbirkorlar sinfi shakllandi degani.
Prezident joylarda tadbirkorlar bilan manfaatli hamkorlik qilinib, ular qo‘llab-quvvatlansa, tumanda, mahallada bandlik masalasini hal qilish uchun imkoniyatlar yanada ko‘payishini ta’kidladi.