Koloniyadan qochgan mahbus qo‘lga olindi
Ko‘p miqdordagi o‘g‘irlik jinoyatini sodir etib, tayinlangan jazoni Qashqadaryo viloyati IIB P va JIEB 32-sonli manzil koloniyasida o‘tab kelgan Nukus shahrilik N.G‘. berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanmagani bois jazosi yana og‘irlashdi.
N.G‘. Muborak tumanida joylashgan mazkur manzil koloniyasida jazo o‘tash davomida jazodan bo‘yin tovlab, noma’lum tomongan yashirinadi. Natijada unga nisbatan qidiruv e’lon qilinadi, deb xabar berdi “Postda” nashri.
Buzoqning yugurgani somonxonagacha deganlaridek, viloyat IIB, boshqarma P va JIEB 32-sonli manzil koloniyasi va Nukus shahar IIOFMB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari tufayli qochoq mahkum Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahri hududida ushlandi.