Konstitutsiyaga taklifim bor: Xususiy mulkni meros qoldirishda qat’iy yechim bo‘lishi zarur

Rivojlangan davlatlar (Yaponiya, Janubiy Koreya va Singapur) tarixiy rivojlanishida mafkura masalasi asosiy taraqqiyotning tamal toshini qo‘yilishiga sabab bo‘lgan.
Shu nuqtai nazardan Konstitutsiyamizda ham 12-moddasida nazarda tutilgan davlat mafkurasiga aniq yondoshuvni ifodalanishi, shuningdek, Bosh qomusimizning mazkur moddasidan kelib chiqib alohida qonunda uning mexanizmlarini joriy etish, ijrosini muvofiqlashtirib borish hamda davlat tomonidan tartibga solish masalasiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq, deb o‘ylayman.
Shuningdek, Konstitutsiyamizning 36-moddasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ham taklifim bor.
Avvalo, davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlash natijasida unga yaratilgan infratuzilma, resurs tarzdagi imkoniyatlar foydalanish evaziga muldorning mulkdor sifatida shakllantiradi. Qomusimizning 36-moddasida mulkchilikning shakli alohida bir shaxsga tegishli bo‘lgan mulk taqdirini himoyalanishiga qaratilib, jamoaviy mulk shaklida shakllangan xususiy mulk vorisi munosabatlari, shuningdek davlat va jamiyat manfaatlari muhofazasi qayd qilinishi maqsadga muvofiq. Masalan, ijtimoiy tarmoq xabarlarida ba’zi rivojlangan davlatlarda jamoaviy tarzda shakllantirilgan xususiy mulklarini hayvonlarga meros qilib qoldirilishi va shu kabi holatlar ko‘zga tashlanmoqda. Vaholanki, bunday mulklar tegishli hududiy vakillik organlari orqali jamiyatga qaytarilish masalasi huquqiy me’yor sifatadi Bosh qomusimizda qayd qilinishi lozim.
Shahriyor Xolboyev,
Samarqand davlat universiteti tadqiqotchisi.