Ko‘p kvartirali uylarda zilzilabardoshlikka ta’sir qiladigan konstruksiyalar o‘rganiladi
2023 yil 1 sentyabrdan qonunchilikka ko‘ra, quyidagilarni aniqlash boshlanadi:
- seysmik faol zonada joylashgan seysmik xavfsizligi III-IV toifaga kiruvchi ko‘p kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarda (zinapoya yo‘laklari, cherdak va umumiy foydalanishdagi oshxonalarda) o‘zboshimchalik bilan qurilgan konstruksiyalar;
- ko‘p kvartirali uylarning, shu jumladan ularning yerto‘la va birinchi qavatidagi zilzilabardoshlikka ta’sir qiluvchi konstruksiyalarga o‘zboshimchalik bilan kiritilgan o‘zgartirishlar.