Ko‘p yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga ustama to‘lanadi
- 17.03.2022 17:04
- 819
- Salomatlik
Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to‘lanishi kerak:
- uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;
- uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;
- uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma’lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;
- uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lganlarga tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.
Oilaviy shifokor punktlarining umumiy amaliyot vrachlariga – tarif stavkasiga nisbatan 25 foiz miqdorda maxsus har oylik ustama belgilanadi.
Teglar:
tibbiyot xodimlari