Ko‘rmaganga olish — muammoga yechim emas: IIB Samarqanddagi avtomobillar uchun davlat raqam belgilari olish muammosiga nega izoh bermayapti?

Barcha xizmatlar borasida kun sayin qulaylik yaratish, hatto masofadan turib ayrim xizmatlardan foydalanish kengaytirilayotgan bir paytda o‘quvchilarimiz nima sababdan Samarqandda avtomobillar uchun davlat raqam belgilari olish muammo bo‘layotgani borasida savol qo‘ymoqda.

Xususan, @zarafshon_bot - telegram manzilimizga samarqandlik transport vositalari egalaridan viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rasmiylashtirish va imtihon olish bo‘limlarida avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgilari yo‘qligi, ular bu borada muammolarga duch kelayotgani haqida murojaat qilgan edi.

Bu bo‘yicha kanalimizda uchinchi marta xabar berilmoqda. Ammo aholini qiziqtirayotgan bu savollarga mutasaddilar javob berishga shoshilmayapti.

Savol o‘sha-o‘sha: Muammo qayerda? Davlat raqam belgilari o‘zimizda ishlab chiqariladi-ku. “Kamyob”lik sababi nimaga taqalmoqda?

Ehtimol, davlat raqam belgilari berishni ham Davlat xizmatlari markazlariga berish kerakdir.