Koronavirus keyinchalik odamlar orasida boshqa yuqumli kasalliklar epidemiyasini keltirib chiqarishi mumkinmi?
Bugun AOKA shtabida Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ushbu savol yuzasidan javob qaytarildi:
➖ Umuman, tabiatda inson uchun patogen bo‘lgan har bir mikroorganizm (viruslar, hujayralar, bakteriyalar, parazitlar va hokazo) kasallikning muayyan shaklini keltirib chiqarishi mumkin.
Bir xil mikroorganizm har xil kasalliklarni keltirib chiqara olmaydi. Covid-19 virusi faqat koronavirus infeksiyasini keltirib chiqaradi.
Koronavirus infeksiyasi tufayli zaiflashgan immunitet natijasida odam boshqa yuqumli kasalliklardan zararlanishi mumkin.