Koronavirus chalingan 79 yoshli poytaxtlik bemor vafot etdi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli X.B. (erkak kishi) joriy yil 19 iyun kunidan tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal bezovta qilgan. Shunga qaramay, mutaxassislarga murojaat qilmasdan bir hafta davomida uyida davolangan.

2 iyul kuni esa birinchi marotaba oilaviy poliklinikaga murojaat qilgan. Fuqarodan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va xonadonida dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgan.

Unga “COVID-19”, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.