Koronavirusni zararsizlantiruvchi niqob yaratildi
Hozircha dunyoda yagona bo‘lgan koronavirusni zararsizlantiruvchi himoya niqobi yaratildi. Bu haqda Lissabondagi tibbiy molekulyar instituti ma’lum qildi.
Bu suv o‘tkazmaydigan maxsus matolardan tashkil topgan, zamonaviy texnologiyalar asosida tayyorlangan ko‘p marta ishlatiladigan niqob.
O‘tkazilgan tajribalar ushbu mahsulotning koronavirusga qarshi samarasini ko‘rsatdi.
“Niqob COVID-19 virusini zararsizlantiruvchi innovatsion qobiqqa ega. Uning bu xususiyati mato 50 marta yuvilgunga qadar saqlanib turadi”, deb ma’lum qildi institut vakillari.
Biroq yangi ishlab chiqilgan niqob qachon savdoga chiqarilishi va uning narxi haqida ma’lumot hozircha taqdim etilmadi.