Koronavirusning suvda qancha vaqt yashay olishi ma’lum qilindi
Suvda koronavirusning 90 foiz zarralari 24 soat ichida nobud bo‘ladi, 72 soat ichida 99.9 foiz zarralar halok bo‘ladi. Bu haqda Rambler.ru nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, gap xona haroratida turgan suv haqida bormoqda. Ma’lumotlar, Rossiyaning “Vektor” tadqiqotlar markazi tomonidan olib borilgan COVID-19ning suvga moslashuvchanligi to‘g‘risidagi tahlillari asosida taqdim etilgan.
Oldinroq koronavirus dengiz va ichimlik suvida saqlanib turishi, biroq ko‘paya olmasligi, qaynatilganida esa tezda nobud bo‘lishi haqida ma’lum qilingan edi.