Kosovodagi ziddiyat: Serbiya mintaqaga politsiya va armiya bo‘linmalarini kiritmoqchi

Albanlar 10 dekabrdan beri davom etayotgan norozilik namoyishlari fonida Kosovo va Metoxiya shimolidagi Severna-Mitrovitsa munitsipaliteti hukumatini qo‘lga olishdi. Ularni politsiya qo‘llab-quvvatladi, deya ma’lum qilgan OAVga Serbiya hukumati.

U yerda allaqachon mahalliy parlament yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda tayinlangan deputatlar qasamyod qilgan. Albaniyalik Nejat Uglyanin esa rais etib saylangan.

To‘ntarish serblar Kosovo shimolidagi barcha muassasalarni, jumladan, parlament o‘rinlari va munitsipalitetlar rahbarlari lavozimlarini tark etganidan keyin amalga oshirilgan.

Hammasi serb avtomobil raqamlarini taqiqlashdan boshlandi

Serbiyada berilgan avtomobil raqamlaridan foydalanish Kosovoda ta’qiqlanishiga norozilik sifatida Serblar noyabr oyi boshida Kosovo hukumatini tark eta boshlashdi. 22 noyabr kuni o‘zini o‘zi e’lon qilgan Kosovo Respublikasi politsiyasi Serbiya raqamlari uchun jarima solishni boshladi. 

Serb Deyan Pantich (sobiq Kosovo politsiyachisi) 10 dekabr kuni shimoldagi to‘rtta shaharda 18 dekabrga belgilangan mer saylovlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rayotgan MSK rasmiylariga hujum qilganlikda ayblanib hibsga olinganidan keyin vaziyat yanada keskinlashgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pantich Kosovo rasmiylarining Serbiya avtomashina raqamlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortganlarni jarimaga tortish qaroriga norozilik sifatida huquq-tartibot idoralarini tark etganlardan biri bo‘lgan. Qanday bo‘lmasin, uning hibsga olinishi bugungi kungacha davom etayotgan norozilik to‘lqinini keltirib chiqardi.

Shimoliy Kosovo norozilik namoyishlari tufayli falaj bo‘ldi

Petar Petkovichning fikricha, Pantichning hibsga olinishi Kosovo bosh vaziri Albin Kurti tomonidan qasos va xizmat vazifasini tark etishga qaror qilgan serblarni qo‘rqitish bo‘lgan. Prishtina shahri Pantichni terrorchilik faoliyatida gumon qilgan.

Kosovo prezidenti Vosa Usmoniy saylovni aprelga ko‘chirgan bo‘lsa-da, namoyishchilar tinchimagan. Barrikadalar tufayli Kosovo shimoli amalda falaj holatda. Serbiya bilan chegaradagi asosiy nazorat punktlari yopilgan. Maktab va boshqa ba’zi muassasalar ishlamaydi. Qayd etilishicha, turli hududlarda o‘q otish va shovqinli granatalarning portlashlari eshitilmoqda, politsiya patrullari va Yevropa Ittifoqi politsiya missiyasi o‘qqa tutilgan.

Yevropa Ittifoqi inqirozning oldini olish uchun maxsus elchi yuborgan. 14 dekabr kuni Belgrad va Prishtinaga Yevropa Ittifoqining Bolqon bo‘yicha maxsus vakili Miroslav Laychak tashrif buyurgan va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashgan. Laycakning vazifasi mojaroning kuchayishini to‘xtatishdir. 

Serbiya mintaqaga politsiya va armiya bo‘linmalarini kiritmoqchi

12 dekabr kuni Serbiya mudofaa vaziri Milosh Vuchevich Kosovo va Metoxiya avtonom viloyatida xavfsizlik kuchlari yetarli emasligini, shu bois Belgrad BMT Xavfsizlik Kengashining tegishli rezolyusiyasiga muvofiq u yerga o‘z bo‘linmalarini yuborish niyatida ekanini aytgan.

Serbiya prezidenti xalqqa murojaatida NATOning Kosovo va Metoxiyadagi (KFOR) shafeligidagi xalqaro missiyasiga o‘lka hududida armiya va politsiya bo‘linmalarini joylashtirish bo‘yicha so‘rov yuborishga va’da bergan. 

Bir necha yuz politsiyachi 9 dekabr kuniyoq Kosovo shimoli va Metoxiya hududiga kirib kelgan. Petkovichga ko‘ra, 350 nafar politsiyachi va to‘liq jangovar jihoz va zirhli mashinalarda  yetib kelishgan.  

Kosovo 2008 yilda mustaqilligini e’lon qilgan. Serbiya uni o‘z hududi deb biladi. Respublikani 100 dan ortiq davlatlar tan olgan.