Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ko‘zi ojizlar kutubxonasi rahbarlari Rossiyada o‘tkazilgan XII xalqaro konferensiyada qatnashdi

 

Joriy yilning avgust oyida Respublika Markaziy ko‘zi ojizlar kutubxonasi mas’ullari, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlari ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktorlari Rossiya Federatsiyasi Novosibirsk viloyatida ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi tomonidan o‘tkazilgan “Raqamli transformatsiya va mavjud texnologiyalar olamida kutubxona” mavzusidagi XII xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Onlayn va oflayn tarzda o‘tkazilgan konferensiyada Rossiya Federatsiyasi viloyatlarining kutubxona rahbarlari, jumladan Chelyabinsk, Tyumen, Penza viloyatlari, Sankt-Peterburg, Moskva shaharlari hamda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belorussiya, Qozog‘iston kabi davlatlar kutubxonalari rahbarlari ma’ruzalari bilan chiqish qildi.

Konferensiya so‘nggida Novosibirsk viloyati ko‘zi ojizlar kutubxonasi hamda  O‘zbekiston Respublika Markaziy Ko‘zi ojizlar kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, kataloglashtirish, elektron xizmat ko‘rsatish jarayonlari, maxsus tipografiya  faoliyati bilan yaqindan tanishilib, tajriba almashildi.

Q.Yusupova,

viloyat ko‘zi ojizlar kutubxonasi direktori.