«Hamdo‘stlik madaniy xilma-xilligi: kutubxona tashabbuslari»

Sankt-Peterburg shahrida «Sankt-Peterburg – 2023: Hamdo‘stlik madaniyat poytaxti» davlatlararo dastur tadbirlari doirasida shu mavzuda xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy kotibi Q.Tursunov, Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Z.Shodiyeva «O‘zbekistonda raqamli merosni saqlash: tajriba, muammolar va istiqbollar», shuningdek, Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi direktori R.Qurbonov «Madaniy xilma-xillikni targ‘ib qilishda kutubxonalar, arxivlar va muzeylarning ta’siri» mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.

Anjumanda raqamli texnologiyalar davrida MDHga a’zo davlatlarning adabiy merosini asrab-avaylash; kutubxonalar, arxivlar va muzeylarning madaniy xilma-xillikni targ‘ib qilish uchun o‘zaro hamkorligi; kutubxonalarning Hamdo‘stlikning umumiy virtual ko‘rgazma maydoni orqali madaniy qadriyatlarni targ‘ib qilishda ishtiroki kabi masalalar muhokama qilinadi.

Xalqaro konferensiya ertaga, 4 oktyabr kuni ham davom etadi.