Samarqandda Yovvoyi hayvonlar himoyasi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkaziladi
12-17 fevral kunlari Samarqandda Yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash to‘g‘risidagi konvensiya (CMS COP14) ishtirokchilari konferensiyasining 14-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirli ma’lumotiga ko‘ra, 18 yanvar kuni O‘zbekiston hukumati va CMS kotibiyati tomonidan ushbu tadbirning rasmiy logotipi va shiori tasdiqlandi.
«Tabiat chegara bilmaydi» shiori ostida tashkil etiladigan konferensiya logotipida O‘rta Osiyo yodgorliklarining mashhur jozibali koshinlarini eslatuvchi naqsh bilan bezatilgan qanotli qor qoploni tasvirlangan. Qor qoploni O‘zbekistondagi asosiy yovvoyi tabiat turi bo‘lib, 12 ta davlatga tarqalgan. Qudratli katta mushuk ham Samarqandning afsonaviy ramzi bo‘lib, u «Sherdor» madrasasi kirish joyidan tortib, O‘zbekiston milliy banknotlarigacha butun mamlakat bo‘ylab keng tarqalgan.
Garchi qor qoploni kuch va xayrixohlikning muqaddas ramzi bo‘lsa-da, uning kamayib borayotgani katta tashvish uyg‘otadi, yovvoyi tabiatda bor-yo‘g‘i 2700 dan 3300 tagacha qor qoploni mavjud.
CMS COP14 2022 yilda Kunming-Monreal Global Bioxilma-xillik asosi (GBF) qabul qilinganidan beri bioxilma-xillik bo‘yicha birinchi global yig‘ilish bo‘ladi va tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha keng ko‘lamli muhim ustuvorliklar va yangi tashabbuslarni, shu jumladan GBFni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydigan ko‘plab masalalarni ko‘rib chiqadi.
Uch yilda bir marta o‘tkaziladigan xalqaro yig‘ilishda yashash muhitini saqlash va tiklash masalalari, shuningdek, haddan tashqari ekspluatatsiya, yashash joylarining yo‘qolishi va parchalanishi, ifloslanish va iqlim o‘zgarishi kabi turlarga tahdidlar muhokama qilinadi. Shuningdek, u yangi yirik hisobotlar va ko‘rsatmalarni, jumladan, dunyodagi birinchi ko‘chib yuruvchi turlarning holati to‘g‘risidagi hisobotni, yorug‘lik ifloslanishi bo‘yicha yangi global yo‘riqnomalarni va ko‘chib yuruvchi turlarga ta’sirni minimallashtirish uchun chiziqli infratuzilma bo‘yicha ilg‘or tajribalarni taqdim etish uchun noyob imkoniyat yaratadi.
CMS COP14 doirasida bo‘lib o‘tadigan tadbirlar va yig‘ilishlar, masalan, 54-CMS Doimiy qo‘mitasi yig‘ilishi, Yuqori darajali segment va Ko‘chib yuruvchi turlarning chempionlari kechasi 11 fevral kuni xuddi shu joyda bo‘lib o‘tadi.