Ko‘zimiz kun davomida 12 000 marta “miltillaydi”
Ko‘zlar – yurak, buyrak va insonning muhim qismi hisoblanadigan a’zosi hisoblanadi. Ko‘z anatomiyasi nihoyatda murakkab tuzilgan bo‘lib, har bir ko‘zning ikki million tarkibiy qismlari mavjud. Bunda quyidagi tashqi tuzilmalar kiradi:
🔹 Qovoqlar ko‘zlarni himoya qiladi.
🔹 Ko‘zning ichki qismini qoplaydigan va himoya qiladigan sklera (ko‘zning oq pardasi) va shox (ustki tiniq) pardasi.
🔹 shox pardaga kislorod yetkazib beradigan va ko‘zlarning sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydigan ko‘z yoshi pardasi.
Qiziqarli faktlar
Kun davomida ko‘zimiz taxminan 12 000 marta “miltillash”imizni va shox parda – inson tanasining qon tomirlarisiz yagona qismi bo‘lganligini bilarmidingiz? Bizning qonimiz tana a’zolariga kislorod yetkazib beradi, shox parda esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri havodan kislorod oladi. U ko‘zlarga aniq ko‘rish uchun zarur bo‘lgan shaffoflikni ta’minlaydi.
Endi ko‘zlarimizning ichki tomoniga nazar tashlaymiz va ob’yektlarni qanday ko‘rishimiz va ko‘rish jarayoni nimadan iborat ekan, degan savolga javob izlaymiz.
Xo‘sh, ertalab bizga quyosh chiqishi, uning nurlarini ko‘rishga nima imkon beradi?
Ko‘zning asosiy ichki tuzilmalariga quyidagilar kiradi:
🔹 Ko‘zimiz rangi tus berilgan qismi - ko‘zning rangdor pardasi.
🔹 Shox parda markazidagi yumaloq yoriq - qora ko‘z qorachig‘i.
🔹 Yaqin va uzoq masofaga diqqatni jamlashga imkon beradigan rangdor parda ortidagi ko‘z gavhari.
🔹 “Kolba” va “konus”, deb nomlanadigan millionlab fotoretseptorlarning juda nozik qatlami - to‘r pardasi.
Har kuni yorug‘lik shox parda va qorachiq orqali ko‘zga kiradi. Agar siz qorong‘i xonada chiroq yoqsangiz, yorug‘lik miqdori kamayishi uchun qorachig‘ingiz torayadi, agar quyosh nurlari bilan yoritilgan xonadan qorong‘i xonaga kirsangiz buning aksi sodir bo‘ladi va ko‘z qorachig‘ingiz yangi muhitda yaxshiroq ko‘rish uchun kengayadi.
Yorug‘lik ko‘z qorachig‘i va ko‘z gavharidan o‘tgandan so‘ng diqqatini ko‘z pardaga jamlaydi. Vizual jarayonning eng ajoyib bosqichi ko‘zning orqa tomonidagi tasvir teskari bo‘lganda yuzaga keladi. Bu degani miyamizga yuborilgan tasvirlar aslida teskari yo‘naltirilgan bo‘ladi. Yorug‘lik orqa devorga yetgandan so‘ng asab uchlari orqali harakat qila boshlaydi. Ushbu tasvirlar miyaga ko‘rish nervi orqali o‘tadi. Miya ushbu ma’lumotni qayta ishlaydi, tasvirlar aylantiriladi va biz endi ularni teskari holda ko‘rmaymiz. Aksincha bo‘lganda, biz g‘ayrioddiy dunyoda yashagan bo‘lardik.
Bizning ko‘rish tizimimiz haqiqatan ham benuqson yaratilgan. Garchi, g‘alati tuyulishi mumkin bo‘lsa-da, bu tizim faoliyati ma’lumotlarini qayta ishlaydigan eng samarali va tezkor jarayondir.
Endi yoningizda o‘tirgan kishining ko‘zlariga diqqat bilan qarang.
Internet materiallari asosida Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.