Samarqandda ota aliment uchun 25 ming AQSh dollari to‘lab berdi

Samarqand shahrida yashovchi ota farzandlari uchun 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment mablag‘ini to‘liq to‘lab qo‘ydi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2023 yil 12 fevraldagi ijro hujjatiga asosan, qarzdor S.D. undiruvchi Sh.A. foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment to‘lash belgilangan.
"Farzandlarining moddiy ta’minoti va majburiyatlarini tushungan qarzdor S.D. aliment to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa-da, farzandlari 18 yoshga to‘lgunga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan aliment mablag‘ini sobiq turmush o‘rtog‘i bilan kelishgan holda oldindan to‘lash niyatida Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar bo‘limiga murojaat qilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan hisoblangan aliment mablag‘i sobiq turmush o‘rtog‘iga to‘lab berildi", deya xabar berdi MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati.