Samarqand - BMT forumi mezboni

Samarqand shahrida BMTning Davlat xizmati forumi (UNPSF 2025) o‘z ishini boshladi.
BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UNDESA), O‘bekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Strategik islohotlar agentligi hamkorligida tashkil etilgan forumda Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika davlatlaridan vazirlar va davlat xizmatiga mas’ul organlar rahbarlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor vakillari ishtirok etmoqda.
Anjuman avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning forum qatnashchilariga tabrigini Prezident yordamchisi S.Mirziyoyeva o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, marosimda BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha bosh kotibi yordamchisi Navid Hanif, Malayziya Bosh vaziri o‘rinbosari Fadilloh Yusuf so‘zga chiqib, anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.