G‘alla o‘rimida xavfsizlik muhim

Ayni kunlarda viloyatimiz dalalarida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari olib borilmoqda.
Dunyoda oziq-ovqat mahsulotlari yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sharoitda qishloq xo‘jaligidagi mavjud resurslar va imkoniyatlardan to‘liq foydalanish, oziq-ovqat ekinlarini ikki barobarga ko‘paytirish, yuqori hosil olish, qishloq xo‘jaligi sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish muhim vazifalardan biriga aylanmoqda.
2025 yil hosili uchun viloyat bo‘yicha 4648 ta fermer xo‘jaligi hamda 12 ta g‘allachilik klasteri tomonidan 94 ming 230 gektardan ortiq maydonda g‘alla yetishtirildi.
Endi o‘rim mavsumida g‘alla nobudgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik, joylarda yong‘in xavfsizligini to‘liq ta’minlash borasida xo‘jalik rahbarlari va g‘allakorlar o‘rim paytida g‘alla maydoni yaqinida haydov traktori, yong‘in o‘chirishga mo‘ljallangan suv olib yurish texnikasi, o‘rim maydoni belgilanib maydonlar oralig‘ida yong‘inga qarshi polosalar tashkil etilishi;
- mexanizatorlarning dam olish, shiyponlari, ovqat tayyorlash o‘choqxonalari, g‘allazorlardan 100 metr uzoqlikda joylashtirilishi hamda turli xildagi bosimli sinovdan o‘tmagan gaz ballonlardan foydalanmasliklari;
- o‘rim-yig‘imga jalb etilgan avtotraktorlarning dvigatellari uchqun ushlagichlar va yong‘in o‘chirish anjomi bilan ta’minlanishi zarur.
Bu borada mas’ullardan ishga mas’uliyat bilan yondashishlarini so‘rab qolamiz.
Viloyat fermerlari kengashi Rayosat a’zolari.