Har qanday ssenariyga tayyor Turkiya Isroil tajovuzini to‘xtata oladimi?

Kecha Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Turkiya Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bayonot bilan chiqqan.

U Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga to‘xtalib, “Eronning yadroviy inshootlariga zarba berish bahonasida amalga oshirilgan hujum aslida juda keng qamrovli va makkor maqsadlarga ega ekanligi kundan-kunga oydinlashmoqda” degan.

Erdo‘g‘on boshidanoq Eron yadroviy dasturi muhokamasi bugun bir xil stolda o‘tkazilishi kerakligini ta’kidlagan.

Turkiyaning mojarolar bo‘yicha pozitsiyasiga to‘xtalib, Anqara har qanday vaziyatni muzokaralar stolida hal etish tarafdori ekanini bildirgan.

Boshqa tomondan, Turkiya har qanday ssenariyga tayyor.

Jumladan, mamlakat uchuvchisiz havo vositalari sohasida dunyo yetakchilaridan biriga aylangan. Yer zirhli transport vositalari sohasida esa global brendga ega.  Raketalar, radarlar, dengiz qurollari va aloqa tizimlari ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilmoqda.

Turkiyani siyosiy va ijtimoiy qutblanishi uchun qilinayotgan harakatlarga to‘xtalgan Turkiya yetakchisi “barcha o‘zgarishlarni davlatchilik va chuqur tajriba bilan idrok qilamiz, ularni oqilona va bosiqlik bilan baholaymiz hamda 86 million aholining xavfsizligi va tinchligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni ko‘ramiz”, degan.

Isroil tajovuzini to‘xtatish bo‘yicha qizg‘in diplomatik ish olib borilayotganini,  buning uchun AQSh, Rossiya, Eron, Misr, Saudiya Arabistoni va Pokiston yetakchilari bilan muzokara olib borganini  aytgan Erdo‘g‘an “Biz boshqalar kabi olovga benzin qo‘shishga harakat qilmayapmiz, yong‘in yanada kengaymasdan tezroq o‘chirishga harakat qilmoqdamiz”, degan.