Kredit tarixi qanday olinadi?
Davlat xizmatlari agentligi yo‘riqnomasiga ko‘ra, ariza beruvchilar bu xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar
Vakolatli organ:
“Kredit byurolari”
Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
➖familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
➖pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
➖ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
➖elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
➖doimiy yashash manzili.
💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bir yil ichida birinchi marta xizmatdan foydalanish — bepul, keyingilari uchun — Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdori.
📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
Real vaqt rejimida
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori.