Kreml urushni tugatishga tayyorlanmoqda. 10 minglab suriyalik qochqinlar vataniga qaytmoqda
🔹 Reuters xabar berishicha, Donald Trampning ultimatum bayonotidan so‘ng, Kreml Ukrainadagi mojaroning faol bosqichi tugashi va ichki iqtisodiy muammolarga o‘tish haqidagi qarashlarni shakllantira boshlagan. Putin asosiy harbiy maqsadlarga erishildi, deb hisoblamoqda: Qrimga olib boruvchi “quruqlik ko‘prigi” ustidan nazoratni o‘rnatish va Ukraina armiyasining kuchsizlanishi. Bu Kremlning mahalliy va xalqaro auditoriyani yangi bosqichga - urushning tugashiga tayyorlashga qaratilgan strategiyasining bir qismi bo‘lishi mumkin.
🔹 Janubiy Koreyaning korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi prezident Yun Sok Yulga nisbatan tergovni yakunladi va prokurorlardan uni fitnaga qo‘zg‘atganlikda ayblashni so‘radi. Qayd etilishicha, siyosatchi tergov guruhining harbiy holatni joriy etishdagi roli haqidagi savollariga javob berishdan qochgan va tergovning asosliligini shubha ostiga qo‘ygan.
🔹 Tojikiston mudofaa vaziri va bosh prokurori o‘zgardi.
🔹 Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Donald Trampdan Livan janubida Isroil harbiylari mavjudligini davom ettirishni so‘radi. Ushbu harbiy postlar mamlakat shimoliy hududlari xavfsizligini ta’minlash, Isroil fuqarolari va janubiy Livan aholisi o‘rtasida mudofaa chizig‘ini yaratishda muhim, deydi u.
🔹 Donald Tramp ma’muriyati odamlar uchun xavfli viruslar bo‘yicha "munozarali" tadqiqotlarni federal moliyalashtirishni to‘xtatmoqchi. Ta’kidlanishicha, Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyada bunday tadqiqotlar COVID-19 pandemiyasiga hissa qo‘shgan.
🔹 Armaniston tashqi razvedka xizmati 2025 yilda Armanistonga “Ozarbayjon tomonidan keng ko‘lamli harbiy hujum uyushtirishi” ehtimolini past deb baholadi. Biroq, "mahalliy kuchayish" xavfi saqlanib qolmoqda. Chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonida bu xavflarni kamaytirish mumkin.
🔹 O‘t ochishni to‘xtatishdan so‘ng G‘azoda vayronalar ostidan 212 kishining jasadi topildi. Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi shu vaqtgacha 47 mingdan ortiq odam halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi.
🔹 AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Ukraina, Eron va KXDR uchun mas’ul bo‘lgan o‘nlab xodimlarni ishdan bo‘shatdi.
🔹 Turk havo yo‘llari deyarli 13 yildan so‘ng Suriyaga parvozlarini qayta tikladi. Hukumat almashgandan so‘ng turli mamlakatlardan 115 mingdan ortiq suriyalik qochqinlar o‘z vataniga qayta boshladi.
🔹 Armanistonda 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga tarkibida ko‘p miqdorda kofein va taurin bo‘lgan energetik ichimliklar sotish taqiqlandi.