“Yangi daraxt – yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

Tegishli qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi ma’lumotlari bazalarining jamoatchilik uchun ochiqligini ta’minlaydi hamda ularda quyidagi ma’lumotlarni joylashtirib boradi, jumladan:

🔹 har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va ko‘chatlar haqida;

🔹 daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida;

🔹 suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida.

✔️ 2025 yildan har yili quyidagilar amalga oshirib boriladi:

🔸 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Yangi daraxt – yangi nafas” respublika ekochempionati;

🔸 har oyda 1 marotaba “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida aksiyalar, tashviqot tadbirlari.

📍 Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan O‘zbekiston ekovolontyor talabalari harakati tashkil etiladi.