Kuzatilayotgan issiq sabab poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi
Ma’lumki, ayni kunlarda Respublikamiz hududida keskin issiq ob-havo kuzatilmoqda.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, harorat ko‘tarilishi va natijada yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori darajaga yetishi mumkin.
Bunday issiq havo harorati temir yo‘l izlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilingan poyezdlarning sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ o‘z mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ramoqda.