Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Kuzatilayotgan qum bo‘ronlari, sel toshqinlariga nima sabab bo‘lmoqda?

"O‘zgidromet bergan ma’lumotga ko‘ra, kuchli jala yomg‘irlari kuzatilganda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel toshqinlari vujudga keladi.

Changli bo‘ron – bu atmosfera hodisasi bo‘lib, yer yuzidan katta miqdordagi qum va changlarni kuchli shamol ta’sirida ko‘tarilishidir.

Bizning hududimizda bunday jarayonlar ko‘pincha bahorda va yozning boshida rivojlanadi.

O‘zbekiston, shuningdek Markaziy Osiyoning barcha hududlari uchun changli bo‘ron juda tez-tez uchraydigan hodisadir. Ko‘pincha bunday hodisalar qurg‘oqchil hududlarda - cho‘l va yarim cho‘llarda sodir bo‘ladi.

Shu yilning may oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha bir nechta changli bo‘ron hodisalari kuzatildi. Hatto Toshkentda ham 29 may kuni shiddatli kuchli shamol hisobiga changli bo‘ron bo‘ldi.

Toshkent qurg‘oqchil hudud deb hisoblanmaydi, lekin so‘nggi yillarda O‘zbekistonda va Toshkent shahrida jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar juda katta miqdordagi qum va changning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda, ular hatto kuchsiz shamol esganda ham havoga ko‘tariladi.

Qo‘shrabot (Samarqand viloyati) meteostansiyasida soat taxminan 15:18 larda shimoli-g‘arbdan kuchli shamol boshlanib, 20 m/s gacha yetgan, shuning okibatida qumli bo‘ron ko‘tarilgan va taxminan 16:20 larda tingan.