Litsey jamoasi urush qatnashchilari holidan xabar oldi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali akademik litseyi o‘qituvchi va o‘quvchilari Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi.

Ular Payariq tumanidagi Zarafshon mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 99 yoshli Mamadali bobo Siddiqov, Samarqand shahar Davlatshoh Samarqandiy mahallasida istiqomat qiluvchi 98 yoshli Ochil bobo Jabborov va Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Navro‘z mahallasida umrguzaronlik qilayotgan Abdulla Nurullayev xonadoniga borishdi.

Tashabbus ishtirokchilari urush qatnashchilari bilan suhbatlashib, ularning umr yo‘llari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, vatan tinchligi uchun jasorat ko‘rsatgan otaxonlarga gullar va esdalik sovg‘alari berildi.