Lonely Planet jahon sayyohlik tashkiloti kelasi yil uchun mashhur yo‘nalishlar ro‘yxatini e’lon qildi: Ro‘yxatdan Samarqand ham o‘rin olgan

Mazkur nufuzli sayt har yili jahon sayyohlari uchun eng yaxshi turistik yo‘nalishlarni ham e’lon qilib boradi. Tashkilot 2024 yil uchun o‘z an’anaviy ro‘yxatiga eng yaxshi 10 ta shahar, mamlakat va mintaqalardan tashqari, ikkita yangi toifani qo‘shdi: “Eng yaxshi madaniy boylik” va “Eng yaxshi barqaror yo‘nalish".

O‘zbekiston esa sayohat uchun dunyoning eng yaxshi davlatlari o‘ntaligiga kirdi. Unga Mo‘g‘uliston, Hindiston, Marokash, Chili, Benin, Meksika, Pokiston, Xorvatiya va Sent-Lyus hamrohlik qiladi.

Nominatsiya g‘olibi sifatida O‘zbekiston haqida shunday yoziladi:

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohatchilar ming asrlik savdo yo‘llari bo‘ylab yurishda davom etmoqda. Tezyurar poyezdlar bir paytlar gullab-yashnagan mustahkam shaharlarni bog‘lab turgan tuya karvonlari o‘rnini egallagan. Biroq Samarqand, Buxoro va Xivaning qadimiy obidalari hali ham Ipak yo‘li davrini namoyon etadi. Nurota tog‘larida qishloq xo‘jaligi turizmi tashabbusi esa tashrif buyuruvchilarga chorvachilik jamoalari hayotini his etish imkonini beradi".

Lonely Planet veb-saytida O‘zbekistonga tashrif buyurishni istagan kishi uchun turli foydali ma’lumotlar - mamlakatga tashrif uchun eng yaxshi vaqt, diqqatga sazovor joylar, viza tartiblari va boshqalarni topish mumkin.