Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Madaniyat mahallasida madaniyat qolmadimi?

Ayni kunlarda yurtimiz bo‘ylab "Jonajon yurtim obodligiga o‘z hissamni qo‘shaman" shiori ostida "Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon" aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida Payariq tumanining barcha mahallalarida ham obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Mahalla hududlari tozalanmoqda, ko‘cha atrofi daraxtlar oqlanib, kam ta’minlangan fuqarolarning uylari hashar yo‘li bilan ta’mirlanmoqda.

Ammo ayrim mahallalardagi ahvol achinarli ekanligi ko‘ngilni xira qiladi.

Joriy yilning 10 iyul kuni tumandagi Madaniyat mahallasiga tashrif buyurgan tuman hokimligi vakillari

mahalla idorasidagi holatni ko‘rib, "Bu yerga anchadan buyon odam kirmagan bo‘lsa kerak" degan xayolga borishdi. Sababi, xonalarning bir ahvolda ekanligi, ish hujjatlari bir bor ko‘zdan kechirilmaganligini chang bosib, qavat-qavat bo‘lib, bir burchakda turganligidan anglash qiyin emas. Respublikamizda ayni "Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon" tamoyili asosida ish ketayotgan bir paytda Madaniyat mahallasining madaniyati yo‘qolib qoldimi yoki ishlar mahallada haminqadar olib boriladimi?

Axir har kim obodonchilikni o‘z uyidan boshlamaydimi? Bu maskanga qanchadan-qancha fuqarolar tashrif buyuradi-ku. Nahotki Madaniyat mahallasida ahvol shu bo‘lsa?..

Payariq tumani hokimligi axborot xizmati.