Madina Muxtorovaning oilasiga oid masala yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘lining kaltaklanishi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan M.Alimjonovning kaltaklanishi holati yuzasidan tergovoldi tekshirish harakatlari o‘tkazildi.

Tekshirish davomida tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining 2020 yil 4 yanvardagi xulosasiga ko‘ra, M.Alimjonovning tanasida aniqlangan jarohatlar – sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohatlari turkumiga kirishligi aniqlangan.

Tekshirish yakuniga ko‘ra, 2020 yil 4 yanvarda Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.