Magistratura tinglovchilari amaliyotni Janubiy Koreyada o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari Janubiy Koreyaning Inson resurslarini rivojlantirish milliy institutida o‘quv amaliyoti o‘tadi.
Akademiya va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligidagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat sektoriga innovatsiyalarni tatbiq etish bo‘yicha Davlat boshqaruvi akademiyasining salohiyatini oshirish» loyihasi doirasida tashkil etilgan amaliyotda koreyalik yetuk mutaxassislarning ma’ruzalari tinglandi, davlat boshqaruvining muhim tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan yuqori darajali davlat xizmatchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Inson resurslarini rivojlantirish milliy instituti vitse-prezidenti Li Xin So, professorlar Chang Su Cho, So Yon Sok, Xovard Cho va boshqalar professional davlat xizmati tizimini rivojlantirish, davlat kadrlar siyosati, boshqaruv kadrlarni tayyorlash, ta’lim berishning zamonaviy standartlari va sifatli yangi metod hamda texnologiyalarni joriy etish masalalari bo‘yicha saboq berdi.
Shuningdek, amaliyot davomida Koreyaning bir qator vazirlik va yuqori idoralari rasmiy vakillari bilan muloqotlar uyushtirilib, davlat xizmatlarini takomillashtirishning Koreya tajribasi, zamonaviy innovatsiyalarni tatbiq etish orqali davlat xizmatchilarining faoliyati samaradorligini oshirish va ularda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha magistrlar bilim va malakasini oshirdi.
Isroil JABBOROV,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tinglovchisi.