Magistraturaga bugundan onlayn qabul boshlandi

2022 yil 1 iyuldan respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

Hujjatlar qabuli http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali 30 iyulga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.

Suratda qaysi xorijiy sertifikatlar qabul qilinishi ko‘rsatilgan.

Agar sizda ushbu imtihon tizimlaridan olingan til bilish sertifikati bo‘lmasa, unda magistraturaga kira olmaysiz. Sertifikati yo‘qlarga chet tilidan ichki imtihon o‘tkazilmaydi (https://t.me/xushnudbek/14821).