Zangiotada qariyb 5 kilogramm giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasining oldi olindi

Toshkent viloyati Zangiota tumanida Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan ichki ishlar va bojxona organlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdordagi narkotik modda ashyoviy dalil sifatida olindi.

Aniqlanishicha, Zangiota tumani hududidan o‘tuvchi Toshkent katta halqa avtomobil yo‘liga yaqin bo‘lgan xufiya joyga muqaddam narkokurerlar tomonidan qoldirib ketilgan, jami 10 dona o‘ramdagi 4 kilogramm 956 gramm “opiy” moddasi xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu ajal og‘usi egalarining shaxsini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.