Tojikistonlik "narkokurer" bilan savdoni yo‘lga qo‘ygan shaxslar qo‘lga olindi
- 10.03.2022 14:06
- 192
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Zangiota tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro 9 kg 100 gr. “opiy” giyohvand moddasini 54 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Aniqlanishicha, ular muqaddam tojikistonlik narkokur’yer tomonidan kontrabanda yo‘li bilan Urgut tumani hududiga o‘tkazilib, xufiyona joyga yashirib qo‘yilgan ushbu giyohvand moddani xaridorga berib, undan olingan pul mablag‘ini tojikistonlik narkosavdogarga yetkazib berishlari evaziga 2700 AQSh dollari olishlari kerak bo‘lgan.
Teglar:
Giyohvandlik vositalari savdosi