Samarqand shahridagi xonadonda 2 kilogrammdan ortiq gashish giyohvandlik moddasi topildi

2022-yilning 14-fevral kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-son IIB tezkor xodimlari tomonidan Samarqand shahar Spitamen Shoh ko‘chasida yashovchi A.J. to‘xtatilib, uning yoni ko‘zdan kechirilganda, yonida gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

Viloyat IIB axborot xizmatiga ko‘ra, shundan so‘ng, fuqaroning yashash uyida tintuv tergov harakati o‘tkazilib, yotoqxonasidagi javonining tagidan paketga o‘ralgan taxminiy vazni 1 kg. bo‘lgan gashish giyohvandlik moddasi hamda ikki dona 0.5 litrli maxsus yasalgan yelim idish, bir dona giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama, har xil o‘lchamdagi gashish giyohvandlik moddalari hamda paketga o‘ralgan 1 kg.dan ziyod gashish giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.

IIB ekspert-kriminalistika bo‘limining ma’lumotnomasida hujjatlashtirib olingan barcha gashish giyohvandlik moddalarining jami og‘irligi 2 kg. 58 gr. ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.