Urgut yarim kilogramm “opiy” giyohvandlik moddasi to‘xtatib qolindi

DXX Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida Urgut tumani hududiga 0,5 kg. narkotik moddasi olib kirilishi oldi olindi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida yashovchi fuqaro “M” tibbiyotda ishlatiladigan “ingalyasiya” qurilmasining ichiga joylashtirilgan 0.5 kg “ekstraktli opiy” giyohvandlik moddasini “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi haydovchilar orqali Urgut shahriga berib yuborgan.

Mazkur giyohvandlik moddasini 1964 y.t. “M.J.” va 1966 y.t. “A.Sh.”lar Urgut shahrining “Yuqori bozor” hududida kirakash haydovchidan qabul qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.