''Mahalla iftixori'' ko‘krak nishoni kimlarga berildi?
Viloyat hokimligida "Mahalla tizimi xodimlari kuni" hamda ''Mahallalarda milliy qadriyatlarni mustahkamlash haftaligi'' doirasida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi va jamiyatimizda mahallaning o‘rni va rolini yuksaltirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda fidoyilik ko‘rsatayotgan bir guruh mahalla faollarini taqdirladi.
Jumladan, samarqandlik mahalla faollaridan 57 nafari ''Mahalla iftixori'' ko‘krak nishoni bilan, 25 nafari viloyat hokimining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ''Obod va xavfsiz mahalla'' respublika ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblariga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir konsert dasturi bilan davom etdi.