Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Mahalla – jamoatchilik nazoratining faol sub’yekti

Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasida shu mazuda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizdagi nodavlat notijorat tashkilotlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, ekspert va OAV vakillari ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar jamiyatda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, mahalla institutining rolini oshirish, qonunlar ijrosi hamda ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha fikr va mulohazalarini bildirishdi.
- To‘g‘ri, keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlarining faoliyati har tomonlama jonlandi, - dedi Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi F.Rahmatov – Biroq biz bir joyda to‘xtab qolmasligimiz kerak. Shu bois tadbirda asosiy e’tibor yutuqlarimizga emas, balki faoliyatimizdagi muammo va kamchiliklarga qaratildi. Boshqa tashkilotlar faoliyatiga baho berishdan oldin, o‘zimizga baho berishga o‘rganishimiz kerak.
Tadbirda ishtirokchilar ekspertlar tomonidan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan bir qator takliflar bilan tanishib, o‘z fikrlarini bildirdi.