Mahallabay ishlash markazlarida 515 ta shtat birligi joriy etildi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 29 iyundagi “Mahallabay ishlash markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyatimizning shahar va tumanlar hokimliklari tuzilmasida Mahallabay ishlash markazlari tashkil qilindi. Bu esa murojaatlarni mahallabay kesimida chuqur o‘rganish, joylardagi muammolarni tezkor va samarali hal etish imkonini bermoqda.

Joriy yilning 1 avgust holatida viloyatimizdagi Mahallabay ishlash markazlarida 515 ta shtat birligida direktor, bo‘lim boshlig‘i va bosh mutaxassislar hamda inspektorlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Mahallabay ishlash markazlarini saqlash bilan bog‘liq xarajatlarga byudjetdan 9953061,0 ming so‘m mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

Samarqand viloyati moliya bosh boshqarmasi matbuot xizmati.