Mahkumalikdan ma’sumalikka: 20 nafar ayol jazoni ijro etish muassasalaridan ozodlikka chiqarildi

Joriy yilning 21 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi zalida jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan 24 nafar mahkumalardan 22 nafarining ishi to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ulardan 2 nafarining ishi keyingi sud majlisiga qoldirildi, 2 nafarining jazo muddati kamaytirildi, 20 nafari jazoni ijro etish joylaridan ozodlikka chiqarildi.

“Men endi jinoyat qilmayman, oilamni tiklayman” bu qamoqdan ozod etilayotgan ayollarning hammasida bo‘lmasa-da, ko‘pchiligida kuzatiladigan  xulosa.

Avvalo o‘zbek davlatchiligining bag‘rikeng siyosati hamda ushbu hujjat asosida shu kunga qadar o‘nlab mahkuma ayollar o‘z oilasi bag‘riga qaytarildi.

Qaytarilib, o‘z holiga tashlab qo‘yilgani yo‘q, albatta. Ularni ish bilan ta’minlash, hayotga moslashtirish, qaytib jinoyat ko‘chasiga kirmasligining choralari ham ko‘rilmoqda.

Umid qilamizki, ozodlikka chiqqan opa-singillarimiz ularga bildirilgan ishonchni oqlaydilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘rtasida xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalari aks etgan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan.