Maktab direktorining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda
Viloyat prokuraturasi Samarqand shahar 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 48-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarga tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Murojaatda ko‘rsatilgan barcha vajlarni to‘liq va sifatli o‘rganilishini ta’minlash maqsadida tegishli soha mutaxassislari jalb etilgan.
Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olinib, aniqlangan holatlar bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.