Maktab direktorining o‘z vazifasiga sovuqqon yondashishi ta’lim-tarbiyaning sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi

Paxtachi tumanidagi 30-umumta’lim maktabida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muammoli vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan viloyat o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Seminar maktablarda ta’lim-tarbiya jarayonlari, o‘qituvchilarning malaka va ko‘nikmalari darajasi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga oid mashg‘ulotlar bilan boshlandi.
Unda so‘zga chiqqan Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamov, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov va boshqalar o‘qituvchilarning kasbiy mas’uliyatini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida noxush holatlarning oldini olish dolzarb masala ekanligini ta’kidladi. Direktorlarning o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘layotgani oqibatida umumta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatining tushib ketayotganligi tanqid qilindi. Maktab psixologlari malakasini oshirish, ular va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro yaqinlikni mustahkamlash lozimligi ta’kidlandi.
Abduhoshim ZIYoDOV.