Maktab o‘quvchilari Amir Temur maqbarasini ziyorat qilishdi

Ta’lim tizimida islohotlar jadal rivojlanayotgan bir paytda o‘quvchilarni tarix faniga qiziqtirish, ota-bobolar boshidan o‘tgan og‘ir yillarni teran tasavvur qilishi uchun ularni muzey, tarixiy obidalarga olib borish taklifi o‘rtaga tashlanmoqda. Bunday tadbir albatta o‘z samarasini beradi.

Amir Temur tavalludining 683 yillik munosabati bilan Samarqand shahridagi 45- va 26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari sayyohatga chiqishdi. O‘quvchi-yoshlar Amir Temur maqbarasi, sarkarda haykali va tarixiy muzeyda bo‘lib, Sohibqiron hayoti, bosib o‘tgan shonli yo‘li haqidagi bilimlarini boyitishdi.