Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘chalarda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi
Maktabgacha ta’limda qamrov 74 foizga yetdi. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 27 foiz edi. Bu yil davlat bog‘chalari quvvati yana 10 ming o‘ringa, xususiy bog‘chalarda 50 ming o‘ringa oshiriladi.
Lekin ba’zi chekka qishloqlarda bog‘cha hali yo‘qligi sababli hamma bolalar ham maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, ayrim tumanlarda bog‘cha yetarli bo‘lishiga qaramay, qamrovi o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan.
Xususiy bog‘chalarda bolalar hisobini yuritish raqamlashtirilmoqda, lekin davlat bog‘chalarida bu jarayon hali boshlanmagan.
Shu munosabat bilan Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘chalarda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.